Internet Treyding
Kompaniyamiz chet ellik hamkorlarimiz yordamida tashqi fond bozorlarida savdo qilish imkoniyatini beradi.
Hech kimga sir emaski, har qanday darajadagi investorlar uchun eng jozibali fond bozori Amerika bozori hisoblanadi. Bu uzoq muddatli investorlar va faol kunlik savdo qiluvchi treyder uchun juda mos keladi. Har kuni har xil moliyaviy vositalar bo'yicha juda katta hajmdagi faol savdolar amalga oshiriladi.
Amerika fond bozorida savdo qilish orqali siz quyidagi vositalardan foydalana olasiz:
Aktsiyalar (7 mingdan ortiq kompaniyalar eng yirik fond birjalarida sotiladi);
Obligatsiyalar;
Optsionlar;
Fyuchers;
ETF;
Va boshqalar.
Shuningdek, siz so'nggi yillarda faol o'sishni ko'rsatgan Evropa fond bozorlariga va xususan, Rossiya fond bozoriga kirishingiz mumkin bo'ladi.