Muammosiz aqlli sarmoyalar
Siz endi boshlovchi sarmoyachi yoki tajribaga ega sarmoyachi ekanligingizdan qattiy nazar, biz sizga quygan maqsadlaringizga tezroq erishishda yordam beramiz. Biz bu vazifani sizning sarmoyalaringizni dunyo fond bozorlarida har-xil portfellarni olib sotish orqali amalga oshiramiz.

uchun sarmoyalar

Hayotingizning

barcha bosqichlari

Muammosiz aqlli sarmoyalar
Siz endi boshlovchi sarmoyachi yoki tajribaga ega sarmoyachi ekanligingizdan qattiy nazar, biz sizga quygan maqsadlaringizga tezroq erishishda yordam beramiz. Biz bu vazifani sizning sarmoyalaringizni dunyo fond bozorlarida har-xil portfellarni olib sotish orqali amalga oshiramiz.

sarmoyalar

O'qish uchun

Muammosiz aqlli sarmoyalar
Siz endi boshlovchi sarmoyachi yoki tajribaga ega sarmoyachi ekanligingizdan qattiy nazar, biz sizga quygan maqsadlaringizga tezroq erishishda yordam beramiz. Biz bu vazifani sizning sarmoyalaringizni dunyo fond bozorlarida har-xil portfellarni olib sotish orqali amalga oshiramiz.

sarmoyalar

Uy olish uchun

Muammosiz aqlli sarmoyalar
Siz endi boshlovchi sarmoyachi yoki tajribaga ega sarmoyachi ekanligingizdan qattiy nazar, biz sizga quygan maqsadlaringizga tezroq erishishda yordam beramiz. Biz bu vazifani sizning sarmoyalaringizni dunyo fond bozorlarida har-xil portfellarni olib sotish orqali amalga oshiramiz.

sarmoyalar

Pensiya uchun

Muammosiz aqlli sarmoyalar
Siz endi boshlovchi sarmoyachi yoki tajribaga ega sarmoyachi ekanligingizdan qattiy nazar, biz sizga quygan maqsadlaringizga tezroq erishishda yordam beramiz. Biz bu vazifani sizning sarmoyalaringizni dunyo fond bozorlarida har-xil portfellarni olib sotish orqali amalga oshiramiz.

sarmoyalar

Dam olish uchun

OBI ROBO-MASLAHATCHI

Aqlli sarmoyalar

Turli xil aksiyalardan iborat portfellarga eng kami 500 AQSH dollardan sarmoya kiriting va ularning o'sishidan daromad oling

robomain

Robo-maslahatchi #1

Biz robo-maslahatchi dasturini taqdim qiluvchi O'zbekistondagi yagona kompaniyamiz. OBI Broker brokerlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega va O'zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan tartibga solinadi.

robonumberone

Sarmoyachi risk profili

Biz sizning sarmoya maqsadlaringiz va tavakkal qilishga (risk) muayanligingizdan kelib chiqib, 5 daqiqada 15 savolli so'rovnoma yordamida sizn uchun maqbul portfelni aniqlaymiz.

roboonlineaccount

Muammosiz passiv sarmoyalar

OBI Broker jamoasi o'z mijozlariga qimmatli qog'ozlar bozorlariga chuqur bilimga ega bo’lmasdan samarali sarmoya kiritish imkoniyatini beradigan namunaviy portfellarni ishlab chiqadi, buni biz o’z zimmamizga olamiz.

robodiversification

Onlayn monitoring tizimlari

Biz sizning sarmoyalaringizni real rejimda kuzatib borish uchun shaxsiy kabinetga kirish uchun ruxsat beramiz. Shaxsiy kabinetda shuningdek hisobotlarni tuzish, pul mablag'larini kirim qilish va olish imkoniyatlari mavjud.

dashboard

Sarmoyadan qancha daromad olish mumkin?

Keling buni hisoblab chiqamiz. Kalkulyatorga boshlang'ich sarmoya miqdorini, muddatini va tavakkal qilish darajasini tanlang va potentsial  daromadni bilib oling.

Daromad kalkulyatori

500
3
0
Sarmoyaning oxirgi miqdori$

Buning hammasi qanday ishlaydi?

roborsikprofile

Biz siz bilan tanishamiz va do'st bo'lamiz

Siz moliyaviy hayotingizning qaysi bosqichidasiz va nimaga sarmoya kirityapsiz? Xavfning qaysi darajasi sizga ma'qulligi?

roboprofile

Siz uchun investitsiya portfelini yaratamiz

Javoblaringiz asosida biz sizning xavf-xatarlarga bardoshliligingiz va vaqt ufqiga mos ravishda investitsiya portfelini tavsiya qilamiz.

roboinvest

Keyin biz sizning pulingizni ishlashini ta'minlaymiz

Hisobni ochganimizdan so'ng, biz sizning portfelingizni muntazam ravishda muvozanatlashtiramiz, hatto uxlab yotganingizda ham! Hammasi bizning kompaniyamizda muammosiz.

Ko'p so'raladigan savollar

OBI robo-maslahatchi- sarmoyadorlar uchun maqbul portfellarni aniqlaydigan va sarmoya strategiyasini taklif qiluvchi dastur
OBI robo maslahatchi - sarmoyalarni osonroq, qulay va arzonroq qilish uchun texnologiyadan foydalanadigan onlayn investitsiya xizmati.

Bizning vazifamiz har kimga qulay va imkon darajasida sarmoyalar kiritish orqali o'z maqsadlariga tezroq erishish imkoniyatini berishdir.

Sarmoyaning minimal miqdori atigi $500 AQSh dollaridir. Shuningdek, siz o'z hisobingizni hech qanday cheklovlarsiz muntazam ravishda to'ldirishingiz mumkin.

Konsalting xizmatlari uchun bizning komissiyamiz sizning hisobingizdagi miqdorga qarab yiliga 2% ni tashkil qiladi. Shuningdek, sizning portfelingizga qarab yillik 0,1% -0,5% miqdorida ETF komissiyasini to'laysiz.

Abonent to'lovi miqdori hisobdagi mablag' miqdoriga bog'liq va quyidagicha belgilanadi:

  • $2000 AQSH dollardan kam bo’lsa- oyiga 10 AQSH dollari
  • $2000 dollardan ortiq – bepul.

Modelli portfellarga chet el obligatsiyalari va indekslangan birjaviy savdo fondlari (ETF) kiradi. Boshqa tomondan, ETFlar - bu alohida qimmatli qog'ozlar savatlari.

OBI jamoasi to’rtta turdagi portfellarni taklif qiladi:

  • Konservativ
  • Muvozanatli
  • O'rtacha
  • Agressiv.

Ha, siz istalgan vaqtingizda komissiyasiz pul olishingiz mumkin. Portfelingizni tugatish va bank o'tkazmasi 3 -5 ish kunigacha davom etadi. Shuningdek, siz istalgan vaqtda sarmoyangizning bir qismini qaytarib olishingiz mumkin.

Bu juda muhim savol, chunki bozorda turli xil firibgarliklardan iborat, masalan forexdan tortib binar optsionlargacha(turli xil aktivlar bilan savdo qilish:qimmatli qog’ozlar, xom ashyo va h.k) mavjud. Biz o'z vatandoshlarini aldashga tayyor bunday odamlardan nafratlanamiz, va sarmoyadorlarni ogoh bo'lishga chaqiramiz.

OBI Brokerni chet elda o'qigan va ishlagan mutaxassislar boshqaradi. Bizning afzalliklarimiz:

  • O'zbekistondagi litsenziyali vositachidan xizmat turlari
  • Banklardagi xorijiy valyutadagi depozitlarga qaraganda yaxshiroq sharoitlar
  • Hisob sizning nomingizga ochiladi
  • Moliyaviy operatsiyalar dunyodagi eng yirik chakana broker bo'lgan hamkor bosh broker orqali amalga oshiriladi
  • Turli davlatlarda offshor kompaniyalari yo'q
  • Sizning sarmoyalaringiz 500 000 AQSh dollarigacha AQSh davlati himoyasida bo’lishi
  • O'zbekistonda to'liq qo'llab-quvvatlanishi
  • Shaxsiy ma'lumotlar himoya SSL ga ulanishi tufayli xavfsizligi
  • Pulingizni istalgan vaqtda komissiyasiz chiqarib olish

Ha. Buning uchun siz hisob raqamini ochishingiz, balansingizni to'ldirishingiz va aktsiyalarni sotib olishga buyurtma berishingiz kerak.

Hisob raqamini ochayotganingizda siz OBI Broker va Prime Broker bilan uch tomonlama shartnoma tuzasiz. Biz O'zbekiston Respublikasi qonunlarini chetlab o'tish uchun turli xil sxemalarni taklif qilmaymiz. Do'st bo'lishimiz bilan biz barcha kartalarni ochamiz.

OBI Broker kompaniyasi o'z xizmatlarini boshqa mamlakatlarda reklama qilmaydi. Lekin Aqsh tomonidan taqiqlanmagan barcha mamlakat fuqarolariga hisob ochib bera oladi. Shuni takidlab o'tamizki, siz fuqaro bo'lgan horijdagi mamlakat davlat institutlariga javob bermaydi va bo'ysunmaydi. 

Yo'q, aktivlar sizning vositachilik hisobingizda saqlanadi. Hisob sizga tegishli bo’ladi va har qanday operatsiyalarni shaxsiy kabinetingizga kirib kuzatishingiz mumkin.

2021 yil 31-avgust holatiga ko'ra, AQSh dollaridagi o'rtacha yillik daromad:

  • Konservativ portfel - 11,46%
  • Balanslangan portfel - 16,72%
  • O'rtacha portfel - 20,02%
  • Agressiv portfel - 22,87%

Ma'lumotlar har chorakda yangilanadi va qimmatli qog'ozlar bo'yicha dividendlarni o'z ichiga olmaydi.

Taqqoslash uchun shuni ta'kidlaymizki, O'zbekistondagi banklar chet el valyutasidagi depozitlar uchun o'rtacha yiliga 3-4% taklif qilmoqdalar.

Xatarlar har qanday investitsiya jarayonida mavjud. Investitsiya xavfi daromad bilan mutanosibdir, ammo bu har doim ham yakuniy foydani anglatmaydi. Masalan, moliyaviy piramidalarga sarmoya kiritishda yuqori daromad olishingiz mumkin, bu erda yo'qotish ehtimoli juda yuqori bo'ladi.

Fond birjalarga sarmoya kiritish xavfi butunlay boshqacha. Qimmatli qog'ozlar yoki ETFlarni sotib olish aslida biznesdir: siz Tesla, Amazon, Google yoki tovarlarga doimo talab mavjud bo'lgan boshqa kompaniyalarning ozgina qismiga ega bo’lasiz. Kompaniya o'z mahsulotlarini ixtiro qiladi, sotadi va yaxshilaydi, rentabellikni kengaytiradi va aktsiyadorlar bilan baham ko'radi. Birjalardagi qimmatli qog'ozlar narxi ba'zida juda pastga tushishi mumkin, ammo turli xil portfellarga sarmoya kiritsangiz siz hech qachon kapitalni to'liq yo'qotmaysiz. Va siz portfelingizni tugatmaguningizcha, zarar realizatsiya qilinmagan deb hisoblanadi.

Uzoq muddatli istiqbolda bozor har doim tiklanadi va ko'tariladi, ya'ni, vaqt o'tgan sayin xavf kamayadi. So'nggi 20 yil ichida AQSh bozorida daromad yiliga kamida 8 foizni tashkil etdi.

Dividend solig'i praym broker tomonidan 30% miqdorda chegiriladi, boshqa soliqlar uchun siz O'zbekistonda daromadingizni deklaratsiya qilishingiz zarur. Biz soliq organlariga ma'lumot taqdim etmaymiz.

Shart emas! Hisob ochganingizdan so'ng, biz o’zimiz sizga quyidagilar to'g'risida: 

  • Qaysi investitsiya vositalariga mablag’ kiritishimizni
  • Siz uchun qaysi moliyaviy bozorlardan qimmatli qog'ozlar sotib olinishimizni
  • Har bir portfel bilan bog'liq investitsiya strategiyasi va xatarlarini

oddiy tilda tushuntirib beramiz.

Bizning vazifamiz oddiy odam uchun sarmoyalarni sodda va tushunarli qilishdir.

OBI Broker bankrot bo'lgan taqdirda, portfel sizning boshqaruvingizga o'tkaziladi. Investitsiyalar kompaniyaning qarzlarini to'lash uchun ishlatilishi mumkin emas va ular praym brokerning alohida hisobvaraqlarida saqlanadi.

ETF - bu S&P 500 kabi aniq indeks ko'rsatkichlarini taqlid qiluvchi investitsiya fondidir. ETF aktsiyalar, tovarlar va derivativlar(Derivativlar - bu boshqa asosiy aktivning qiymatiga bog'liq bo'lgan moliyaviy vositalar. Derivativlar moliyaviy tavakkalchiliklarni himoya qilish uchun ishlatiladi (moliyaviy aktivning kelajakdagi qiymati qanday bo'lishiga bog'liq bo'lmagan xavfni kamaytirish uchun) kabi aktivlarni o'z ichiga olishi mumkin. OBI Broker o'nlab ETFlarni O'zbekiston rezidentlari uchun qiymati, likvidlik va soliq samaradorligi kabi aniq mezonlarga asoslanib baholaydi.

Pul o'tkazmasi ikki bosqichdan iborat:

  1. Investor joriy bank hisobvarag'idan SWIFT to'lovini yaratadi va valyuta operatsiyasini bajarish uchun bankga tasdiqlovchi zarur hujjatlarni (praym broker xati asosida) taqdim etadi.
  2. Sizning bankingiz pul o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va operatsiyani amalga oshiradi. 2-3 ish kuni ichida sizning vositachilik hisobingizga pul tushadi.

Shuni takidlab o'tamizki, OBI Broker sizga Markaziy bank tomonidan berilgan chet elda sarmoya qilish mumkinligi tasdiqlovchi hujjat taqdim eta oladi.

Albatta. Biz bu xizmatni taklif qilishdan oldin O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan tashkil qilganmiz. Barcha xizmatlar litsenziyalangan va kerakli idoralar ruxsatidan o'tgan.

Siz hali ham mablag'ingizni qanday ko'paytirishni o'ylayapsizmi?

Qulayroq joylashib, hordiq chiqaring va o'zingizning sarmoyangizni bizga ishoning

Scroll to Top